Tireotrop gormon
Tireotrop gormon, TTG, tirotropin, tireostimullovchi gormon — odam va umurtqali hayvonlar gipofiz bezining oldingi boʻlagida ishlanadigan gormon. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi; uning asosiy gormonlari — tiroksin va triyodtironin ajralishi hamda sinteziga taʼsir etadi. Kimyoviy tabiatiga koʻra, glikoproteid, mol. m. 28000—30000. Tireotrop gormon qalqonsimon bez follikulalarida tireoglobulin parchalanishini hamda krnga tiroksin va triyodtironin ajralishini kuchaytiradi. Follikulyar hujayralar koʻpayishiga, yod yutilishi va tiroksin sinteziga taʼsir etadi. Tireotrop gormon sintezi va sekretsiyasini markaziy nerv sistemasi hamda gipotalamus boshqaradi. Qonda tireoid gormonlar miqdori oshganda Tireotrop gormon sekretsiyasi tormozlanadi, natijada tiroksin va triyodtironin kam ajraladi. Adrenalin va kortikosteroidlar T. sekretsiyasini kamaytiradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |