Kontent qismiga oʻtish

Android

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Operatsion tizim
Android
Soʻnggi versiyasi Android 14
So’nggi test versiyasi 17
Qo’llaydigan platformalari 32-64 bitli ARM, MIPS x86-x64 arxitekturasi
Yadro tipi monolit (Linux yadrosining takomillashtirilgani)
Litsenziya Apache License 2.0 va GNU GPL 2
Holati faol

Android (yunoncha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“; „odamsimon robot“) — smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar, oʻyin pristavkalari, noutbuklar, netbuklar, smartbuklar, Google Glass koʻzoynaklari[1], televizorlar[2], proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlari[3] va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.

Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google [4] sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi[5] va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) shoʻbasini yaratdi.

Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.

2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %ʼda Android tizimi oʻrnatilganligi[6] hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi.

Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.

Google Android Incʼni sotib olishidan oldin raqamli kameralarni kompyuterlarga bogʻlashni taʼminlovchi oʻz operatsion tizimini ishlab chiqmoqchi boʻlgan[7]. 2005-yil 11-iyulda Google Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi[4]. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.

Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan atalardi (bu anʼana 1.5[8][9] dan 9[10] gacha boʻlgan versiyalarda amal qilib keldi). Ismlarning birinchi harflari versiya tartibida lotin alifbosidagi harflarga mos keladi: 1.5 Cupcake („keks“), 1.6 Donut („boʻgʻirsoq“), 2.0/2.1 Eclair („ekler“ shirinligi), 2.2 Froyo (muzlatilgan yogurt — inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), 2.3 Gingerbread („zamjabilli pryanik“), 3.0 Honeycomb („asalari uyasi“), 4.0 Ice Cream Sandwich („vaflili muzqaymoq“), 4.1/4.2/4.3 Jelly Bean („jeleli loviyachalar“ — konfet turi), 4.4 KitKat (shu nomdagi shokolad brendi[11]), 5.0/5.1 Lollipop („obakidandon“), 6.0 Marshmallow („marshmellou“ — amerikancha shirinlik), 7.0 Nugat („yongʻoqholva“), 8.0 Oreo („Oreo“ pechenyesi), 9.0 Pie („pirog“). Android versiyalariga shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10[10] chiqarilishi bilan tugadi.

2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi.

2009-yilda platformaning toʻrtta yangilashlari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „jonli fon rasmlari“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi.

2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu yangilanishlar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki harf-raqamliga oʻzgartirdi, „kesish“, „nusxalash“, „qoʻyish“ funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.

2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.

2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.

2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2 ga oʻzgardi.

HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT ostidagi birinchi smartfon
Android 1.5 OTning ishchi stoli

Android operatsion tizimida ishlaydigan birinchi qurilma 2008-yil 23-sentabrda HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni bo‘ldi (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida taqdim etilgan). Keyinchalik boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari ham Android asosidagi qurilmalarni chiqarishga kirishdilar. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqandan so‘ng, planshet ishlab chiqaruvchilari ham ushbu tizimni faol qo‘llay boshladilar.

Google kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda «Google Nexus» qurilmalarini Android OT ostida ishlab chiqara boshladi. Aynan shu modellar yangi versiyalarni birinchi bo‘lib qabul qiluvchi qurilmalar hisoblanadi.

Smartfon va planshetlardan tashqari, Android operatsion tizimi boshqa turdagi moslamalarga ham o‘rnatiladi. Jumladan, 2009-yilda Androidda ishlaydigan fotoramka sotuvga chiqarilgan. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android asosidagi «aqlli» IWatch soatlarini taqdim etdi. 2012-yil avgustida Nikon dunyodagi birinchi Android fotokamerasini namoyish qildi. «Google Nexus» seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Nexus Q mediapleyeri ham mavjud. Shuningdek, Android tizimida ishlovchi televizorlar ham ishlab chiqarilmoqda.

2012-yil oktabr oyida Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android qurilmalari soni 500 milliondan oshgani va har kuni 1,3 millionga ko‘payayotgani haqida ma’lum qildi.

Dasturlar doʻkoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Play (avvalgi Android Market)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %, operatorlar esa qolgan 30 % olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn doʻkoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.

2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Google Play internet doʻkoni 190 ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.

2008-yil 22-oktabrda Open Handset Alliance ochiq platformali Androidga tegishli bo‘lgan operatsion tizim, oraliq dasturiy taʼminotlar hamda Java tilida yozilgan asosiy ilovalarning manba kodini eʼlon qildi. Android manba kodining umumiy hajmi 2,1 gigabaytni tashkil etadi. Android manba kodi uchun Apache 2.0 litsenziyasi «maʼqullangan litsenziya» hisoblanadi.

  • Baʼzi kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Android bir qator funksiyalarda, xususan veb syorfingi Google va boshqa xizmatlar bilan integratsiyalashuvida oʻzining raqobatchilaridan biri Apple iOSʼdan koʻra yaxshiroqdir. Bundan tashqari, Android, iOSdan farqli oʻlaroq, koʻproq platformalarga funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan ochiq platformadir;
  • Dasturlarni „tasdiqlanmagan manbalardan“ (masalan, xotira kartasidan) oʻrnatish taqiqlanganiga qaramay, ushbu cheklovni qurilma sozlamalari orqali oʻchirish mumkin boʻlib, bu foydalanuvchiga Internetga ulanmagan holda telefon va planshetlarga dasturlarni oʻrnatish imkonini beradi. Shuningdek, har kimga Android uchun bepul ilovalar yozish va uni qurilmada sinab koʻrish imkonini beradi;
  • Android operatsion tizimini ARM, MIPS, x86 kabi turli xil apparat platformalariga oʻrnatish mumkin;
  • Google Play Marketʼga muqobil xizmatlar mavjud: Amazon Appstore, Uptodown App Store, Opera Mobile Store, Yandex Store, GetApps, Mobogenie, F-Droid, 1Mobile Market, Meizu Appstore, AppGallery, Aurora Store, Aptoide;
  • 4.3 versiyasidan koʻp oʻyinchi rejimini qoʻllab-quvvatlash imkoni tugʻildi.
  • Sertifikatlangan Android qurilmalarida Google kompaniyasining maxsus xizmati mavjud boʻlib, u foydalanuvchi harakati haqidagi real vaqtda maʼlumotlarni ishlab chiqaruvchi serverlariga uzatish imkonini beradi.
  • Telefon ishlab chiqaruvchilari Google Play hamda Google kompaniyasiga tegishli boshqa mulkiy ilovalarni faqat tegishli shartnoma tuzgandan soʻnggina oʻrnatish huquqiga ega boʻladilar[20].
  • Lookout Security Mobile maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda Android smartfonlari foydalanuvchilaridan taxminan bir million AQSh dollari miqdorida mablagʻ oʻgʻirlangan (masalan, telefon egasining xabarisiz SMS-yuborish orqali).
  • Android (IOS kabi) internetda fayllarni yuklash uchun HTMLda qoʻllaniladigan "download" atributini qoʻllab-quvvatlamaydi.

PC Magazine Android 4.0 Ice Cream Sandwichʼni tahrirlovchilar tanlovi mukofotiga sazovor qilib, OSning yangi versiyasi platformaga koʻplab yaxshilanishlarni olib kelganini, shu jumladan smartfon va planshet tizimlari oʻrtasidagi farqni yoʻq qilganini taʼkidladi.

2012-yil mart oyida Rossiyaning "Vedomosti" gazetasi Android planshet kompyuterlar bozorida oʻzining asosiy raqobatchisi Applega qarshi gʻalaba qozongani haqida xabar berdi. Buning sababi, deydi tahlilchilar, Apple oʻz qurilmalari premerasini bir necha oyga kechiktirishidir. Shu bilan birga, iOSʼga nisbatan xaridorlarga „androidli“ qurilmalarni arzonroq narxda taklif qilishdidir deya eʼtirof etdi.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Android tizimi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari yaratilgan.
  • 2011-yil fevral oyidagi maʼlumotlarga koʻra, Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar Buyuk Britaniyada iOS operatsion tizimi ostidagi iPhone 4-ni ortda qoldirgan.
  • Android rasmiy saytida kursorni pastki chap burchakdagi robot tasviriga olib borsangiz, u turli harakatlarni bajarishni boshlaydi; robot ustiga bosganda esa qoʻlini silkitadi.
  1. „Larry Page Says Google Glass Runs On Android“ (en) (2013-yil 18-aprel). 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.
  2. „Android TV“.
  3. „Android auto“.
  4. 1 2 „Google Android — первые шаги“. 3DNews. Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
  5. „What is Android?“ (en). Android Developers. 2012-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-mart.
  6. „Android Captures Record 85% Share of Global Smartphone Shipments in Q2 2014“ (en). http://www.strategyanalytics.com (2014-yil 30-iyul). Qaraldi: 2014-yil 3-avgust.
  7. Константин Ходаковский. „Платформа Android изначально создавалась для цифровых камер“. 3dnews.ru (2013-yil 18-aprel). 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  8. „Android“ (ru). Пикабу. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  9. „Больше никаких сладостей: Google провела ребрендинг операционной системы Android - Техно 24“. 24 Канал. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  10. 1 2 Boone Ashworth. „Google Gives up Sweets: New OS Is Just Called Android 10“. Wired (2019-yil 22-avgust).
  11. „Компания Google назвала новую версию Android в честь шоколадного батончика Kit Kat“.