“Men borman.”
Bor-yo‘g‘i shu. Ikki so‘z. Ammo o‘sha ikki so‘z hamma narsani o‘zgartirib yuboradi.
“Men — menman.”
Sen ham buni boshdan kechirgansan. Balki eslamassan. Ammo yashagansan.
Dunyo sen bilan bir butun edi. Sen devor eding, nur eding, daraxt eding, onangning ovozi eding. Chegara yo‘q edi. “Men” yo‘q edi. “Sen” yo‘q edi. Va to‘satdan — ajralib chiqding. Dunyodan uzilgan bir bo‘lakka aylanding. Chegaralaring ko‘rindi. Tering tugagan joyda sen tugading. Endi hamma narsa emasding. Bir narsa eding. Bir narsa bo‘lish — yolg‘iz bo‘lish demakdir.
Ilk bor bir narsani haqiqatdan bilding. Falsafani emas. Matematikani emas. O‘zingni. Borligingni.
Bor bo‘lishning nima ekanini hech kim tushuntirib berolmaydi. So‘zlar ojiz. Chunki so‘zlar borliqning ichidan chiqadi. Borliqni qanday ta’riflasinlar? Dengizni ta’riflash uchun dengizning tashqarisida bo‘lish kerak. Biz borliqning tashqarisiga chiqa olmaymiz. Uning ichidamiz. U bilan qoplanganmiz.
O‘yla. Sen bo‘lmasliging mumkin edi. Men bo‘lmasligim mumkin edi. Bu satrlar bo‘lmasligi mumkin edi. Hech narsa bo‘lmasligi mumkin edi. Ammo bor. Nega?
Abdukarim Mirzayev kundaliklaridan
"Afina maktabi" (The School of Athens) — Rafael
Gönderi yok

Comments
Nothing yet. Say the first thing.
Sign in to join the conversation.