RSS Amplifier

Abdukarim Mirzayev klubi · Jan 14, 2026

Fikring qadarsan

0
Sign in to vote or save

Abdukarim Mirzayev · Abdukarim Mirzayev klubi

Yotasiz, uxlay olmaysiz. Nega? O‘ylar. Berk ko‘cha. Aylanasiz, aylanasiz, chiqish yo‘q. Bir fikr keldi. Ketmadi. Yopishib oladi.

Nazdimda o‘ylar va fikrlar mehmon emas, mezbon. Siz mehmonsiz.

“Fikrlaringni nazorat qil”, deydilar. Qanday qilib? Shamolni qanday nazorat qilasan? Eshiklaring ochiq…

Fikr: “Men eplay olmayman”. O‘n yil. Yigirma yil. Va haqiqatan ham eplay olmadi. Fikr bashorat emasligi aniq. Fikr nazdimda buyruqdir. Boshqa bir odam bor edi. U boshqa bir fikrni tanladi. “Eplay olmasam ham, urinib ko‘raman”. Farq birgina jumlada, fikrda. Ikki ayri taqdir.

Ha, demak tashqi dunyo ichki dunyoning soyasidir. Xonangga qara. Tartibsizmi? Javobini ichingdan qidir. Ishing yurmayaptimi? Ichingga boq. Munosabatlaring barbodmi…

Demak, tana zehnga itoat etadi. Ishonmasang, qo‘rqib ko‘r. Qo‘rqqaningda yurak tezlashadi, nafas qisadi, qo‘llar terlaydi. Kim buyruq berdi? Zehn buyruq berdi. Tana itoat qildi.

G‘azablanganingda qon bosimi oshadi. Xotirjamlikda nafas sekinlashadi. Bu mistika emas. Bu fiziologiya.

Maqsading bor bo‘lsa fikrlaring ham maqsadli bo‘ladi, o‘ziga yo‘l ochadi, toshlarni aylanib o‘tadi, yemiradi. Mutlaqo dengizga yetib boradi.

Gohida reallikdan uzoq xayollar suraman. Yerdan, reallikdan uzilaman, “bema’ni” xayollar… Keyin har bir o‘zgarish — kimningdir “imkonsiz” xayoli bo‘lganini eslayman. Tabassum bilan xayollarimning qo‘llaridan tutaman. Sohilga qarab yurib ketamiz…

Abdukarim Mirzayev kundaliklaridan.

Gönderi yok

Read the original on abdukarimmirzayev.substack.com

Comments

Nothing yet. Say the first thing.

    Sign in to join the conversation.