RSS Amplifier

Blog

O‘zbekiston yangiliklari

Eng so‘nggi O‘zbekiston yangiliklari

uz24.uzSource feed ↗10 posts

Overdue Last read · last published · next check
Last read 6 hours ago, longer than this feed's 1 hour schedule.

Latest posts

Hammaning hammaga qarshi urushi: Nega jamiyatimizda jungli qonunlari ustunlik qilyapti?

Ertalabki soat sakkiz. Mashinalarning tinimsiz va asabiy signallari, odamlar bilan limmo-lim toʻlgan, ichida nafas olib boʻlmaydigan avtobuslar. Hamma qayergadir shoshilgan, hamma kechikayotgan, hamma nimadandir tashvishda. Toʻsatdan avtobus ichida kimdir kimningdir oyogʻini bosib oldi. Oddiygina holat, uzr soʻrash bilan tugashi kerak boʻlgan voqea. Ammo soniyalar ichida butun salonni…

Qishloqlarda odamlar hali ham pullarini ko‘rpachalarning orasida to‘playapti

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan Moliyaviy ommaboplik milliy indeksi hisoboti mamlakatda bank xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari, gender tengligi va shahar hamda qishloq hududlari o‘rtasidagi tafovutlarni ochib berdi. Tahlillar moliya tizimiga kirish va undan foydalanishda o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Shimoliy Orolga suv qaytmoqda: To‘rt yilda qariyb 5 milliard kub metr suv qo‘shildi

Shimoliy Orol dengizidagi suv hajmi 2022-yildagi 18,9 milliard kub metrdan 2026-yil avgustida 23,4 milliard kub metrgacha oshdi. O‘tgan yilning oktyabridan buyon Sirdaryodan dengizga yana 1,2 milliard kub metr suv yo‘naltirilgan. Endi Shimoliy Orolni tiklash loyihasining navbatdagi bosqichida Ko‘karal to‘g‘onini rekonstruksiya qilish va dengizdagi suv hajmini 34 milliard kub metrgacha yetkazish…

Toshkent osmonida samalyot bir necha kun yerga yaqin uchadi: Bu favqulodda holat emas

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentda bir necha kun davomida AVION maxsus samolyot-laboratoriyasi past balandlikda parvoz qiladi. Samolyot poytaxt aeroportidagi aeronavigatsiya uskunalarini rejali tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Shu sababli u odatiy yo‘lovchi samolyotlaridan farqli yo‘nalishlarda uchishi, bir joy ustidan bir necha marta aylanishi va ayrim hududlarda dvigatel ovozi balandroq…

Sportchilar emas robotlar: Pekinda II Butunjahon gumanoid o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

Xitoyning Milliy yopiq konkida uchish stadionida roboto-texnika sohasidagi yirik musobaqa start olmoqda. Turnirda AQSh, Germaniya, Yaponiya va Braziliya kabi koʻplab xorijiy mamlakatlar vakillari qatnashmoqda. Shunga qaramay, ishtirokchilarning asosiy qismini mezbon – Xitoy vakillari tashkil etadi. Mamlakatning 157 ta kompaniyasi, universiteti va ilmiy-tadqiqot muassasasidan iborat 641 ta jamoasi…

Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida isroillik ishtirokchining yutug‘i bekor qilindi

9-16-avgust kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) atrofida kutilmagan mojaro yuzaga keldi. Isroillik 17 yoshli ishtirokchi Yotam Budnik musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi, biroq taqdirlash marosimida Isroil bayrog‘ini namoyish qilganidan keyin uning natijasi bekor qilindi va ismi rasmiy reytingdan olib tashlandi.

Piyodalar uchun shahar: Toshkent qachon odamlar yashaydigan shaharga aylanadi?

Bugun Toshkent shahrining qaysi burchagiga qaramang, avtomobillar oqimi va uzluksiz tirbandliklarga ko‘zingiz tushadi. Yildan-yilga yo‘llarni kengaytirish, yangi ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar qurishga milliardlab mablag‘ sarflanmoqda. Biroq shaharsozlikning oltin qoidasi mavjud: “Ko‘proq yo‘l qurilishi ko‘proq mashinalarni jalb qiladi”. Agar mas’ullar Toshkentni chinakamiga yashash uchun qulay,…

Mashhur musiqiy albomlar sabab o‘lim bilan yakunlangan avtohakolatlar 15 foizga oshdi

AQShda o‘tkazilgan tadqiqotda 2017–2022-yillarda eng ko‘p tinglangan 10 ta albom chiqqan kunlardagi yo‘l-transport hodisalari o‘rganildi. Natijada bunday kunlarda yo‘llardagi o‘limlar odatdagi kunlarga qaraganda 15,1 foiz ko‘p bo‘lgani aniqlandi. Albomlar chiqqan kunlarda o‘rtacha 139,1 kishi, yaqin kunlarda esa 120,9 kishi yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan. Shu bilan birga, mashhur…

70 ta bepul o‘qish imkoniyati: O‘zbekiston to‘rt davlat yoshlariga grant ajratdi

O‘zbekiston 2026/2027-o‘quv yilida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga davlat oliygohlarida o‘qish uchun jami 70 ta grant ajratdi. Unga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolariga 20 tadan, Mo‘g‘uliston yoshlariga esa 10 ta o‘rin beriladi. Qirg‘izistonlik abituriyentlar uchun oltita bakalavriat yo‘nalishi ochilgan bo‘lib, ular orasida kompyuter…

Milliy sertifikat egalariga maksimal ball berish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabul tizimida milliy sertifikatga ega abituriyentlarga avtomatik ravishda eng yuqori ball berish amaliyoti qayta tahlil qilinmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorlikda amaldagi ushbu tartibning qanchalik samarali va adolatli ekanini atroflicha o‘rganmoqda. Bu haqda matbuot anjumanida Oliy…