# 2026 yil (news sources) — RSS Amplifier

Recent posts from the 1 feeds in the RSS Amplifier directory that cover 2026 yil.

Page: <https://rssamplifier.com/topics/2026-yil/news>  
Feed: <https://rssamplifier.com/topics/2026-yil/news.md>

---

## [Toshkentda o‘quvchini ixtisoslashtirilgan maktabga o‘tkazish uchun 400 dollar olgan direktor o‘rinbosari ushlandi](https://talimxabarlari.uz/77781/)

_2026-08-25 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Yashnobod tumanidagi maktablardan birining direktor oʻrinbosari oʻquvchini bir maktabdan boshqa bir maktabga koʻchirib qoʻyish evaziga pora taklif qilgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar qildi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan firibgarlik holatlari fosh etilgan. Xususan,…

## [Talabalar uchun &#171;Dolzarb qirk kunlik&#187; e&#8217;lon qilindi](https://talimxabarlari.uz/77776/)

_2026-08-25 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib…

## [Farzand uchun maktab tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Psixolog tavsiyalari](https://talimxabarlari.uz/77659/)

_2026-08-25 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Farzand uchun maktab tanlashda ota-onalar ta’lim sifati, o‘qituvchilar salohiyati va maktabdagi sharoitlar bilan birga bolaning xohishi, qiziqishi va yangi muhitga moslashish imkoniyatlarini ham hisobga olishi kerak. Bolalar psixologi Noila Toxirovna maktab tanlashda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar, jumladan, bolaning oilasiga yaqin muhitda ta’lim olishi va boshqa shaharda o‘qishga…

## [Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi bo‘yicha yangi institut tashkil etildi](https://talimxabarlari.uz/77770/)

_2026-08-25 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

O‘zbekistonda kriptologiya, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohalari bo‘yicha yangi institut tashkil etildi. Institut ushbu yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Prezidentning 20-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar…

## [Maktab boshlanishi oldidan bolani qanday tayyorlash kerak?](https://talimxabarlari.uz/77747/)

_2026-08-25 · Abrambek Azimov · Ta’lim xabarlari_

Maktab boshlanishi oldidan bolalarni yangi tartibga asta-sekin moslashtirish muhim. Mutaxassislar uyqu rejimini oldindan to‘g‘rilash, ertalabki shoshilishni kamaytirish uchun zarur narsalarni kechqurun tayyorlash hamda bolalarning maktab bilan bog‘liq xavotirlarini e’tiborsiz qoldirmaslikni tavsiya qilmoqda. Maktabning ilk kuni bolalar va ota-onalar uchun hayajon bilan birga biroz xavotir ham olib…

## [Maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi: qaysi hudud yetakchi?](https://talimxabarlari.uz/77761/)

_2026-08-25 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yilgi oliy ta’limga kirish natijalari bo‘yicha maktab bitiruvchilarining ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bitiruvchilarning test sinovlaridagi o‘rtacha bali 2025-yildagi 80,9 balldan 92,5 ballga oshgan. Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy viloyatida qayd etilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi…

## [Yangi Zelandiyada ham 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin](https://talimxabarlari.uz/77729/)

_2026-08-25 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Yangi Zelandiya Bosh vaziri Kristofer Lakson boshchiligidagi hukumat partiyasi 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini parlamentga kiritdi. Unga koʻra, platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi va talablarni bajarmagan taqdirda global daromadining 10 foizigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. The Guardian…

## [Magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berildi](https://talimxabarlari.uz/77755/)

_2026-08-25 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qabul boʻyicha ayrim arizalar turli kamchiliklar sababli rad etilgan. Talabgorlar rad etilgan arizalarini 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz orqali qayta tahrirlab, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin. 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron…

## [Oʻqishni koʻchirish boʻyicha natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar apellyatsiya berishlari mumkin](https://talimxabarlari.uz/77750/)

_2026-08-25 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

O‘qishni xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlaridagi natijasidan norozi bo’lgan talabgorlar uchun apellyatsiya arizalarini berish boshlandi. Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan…

## [Ayrim toifadagi o‘quvchilarga darslik kitoblar bepul beriladi](https://talimxabarlari.uz/77730/)

_2026-08-25 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Qonunchilikda ayrim toifadagi maktab o’quvchilari darsliklar bilan bepul ta’minlanishi belgilangan. Ular qatoriga 1-sinf o‘quvchilari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy yordamga muhtoj oila farzanlari kabilar kiritigan. Hukumatning tegishli qarorida belgilangan nizomga ko’ra, ayrim toifadagi oʻquvchilar umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan…

## [8.1% APY Plus Free Stock (Sponsored)](https://crawlproof.com/a/VePRLhY1Ut5G)

_2026-08-25 · **Sponsored**_

Claim 8.1% APY and up to $1,030 in SK hynix and Nvidia stock.

## [Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda](https://talimxabarlari.uz/77574/)

_2026-08-22 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Yangi o‘quv yili arafasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 2026/2027-o‘quv yilida 17 ta oliy ta’lim tashkilotida 8 332 o‘rinli yangi talabalar turar joylari foydalanishga topshiriladi. Bugun, 22-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarni turar joy bilan ta’minlashga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi. Unda Toshkent…

## [Prezident bayram munosabati bilan bir qancha soha vakillarini mukofotladi. Ta&#8217;lim sohasidan kimlar mukofot oldi?](https://talimxabarlari.uz/77568/)

_2026-08-22 · Abrambek Azimov · Ta’lim xabarlari_

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh yurtdoshlarni mukofotladi. Mukofotlanganlar qatorida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari ham bor. Ular mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-amaliy…

## [O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi xorijiy davlat fuqarolari tahsil olmoqda?](https://talimxabarlari.uz/77562/)

_2026-08-22 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida 50 dan ortiq davlatdan kelgan 24 647 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Ularning yarmidan ko‘prog‘ini Hindiston fuqarolari tashkil etadi. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan axborot-tahliliy sharhiga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida xorijiy talabalar soni 24 647 nafarni tashkil qiladi. Xorijiy talabalar…

## [Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi](https://talimxabarlari.uz/77558/)

_2026-08-22 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 7 yil muddatga, 5 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. Buning evaziga tashkilotlar har 1 mlrd so‘m kredit uchun kamida 5 nafar o‘quvchini ikki yil davomida dual ta’limga jalb qilishi va kamida bir nafar bitiruvchini ishga qabul qilishi kerak bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 449-son qarori bilan texnikumlarda o‘rta \[…\]

## [Yetarli ball to‘play olmagan talabalar super-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin](https://talimxabarlari.uz/77554/)

_2026-08-22 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarda o‘tish balini to‘play olmagan talabalar qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirishlari mumkin. 2026-yil 19–20-avgust kunlari xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar uchun maxsus test sinovlari…

## [Shvetsiyada sobiq o‘quvchi maktabiga qilich bilan hujum qilib, bir kishini o‘ldirdi](https://talimxabarlari.uz/77545/)

_2026-08-22 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Markaziy Shvetsiyadagi maktabda qilich bilan uyushtirilgan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lumotiga tayanib BBC xabar berdi. Joriy yil 21-avgust kuni Shvetsiyaning Fagersta shahridagi Brinellskolan (Brinell maktabi)da qilich bilan qurollangan 18 yoshli hujumchi sabab maktabda bir kishi vafot etgan, kamida uch kishini yaralangan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga…

## [O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi](https://talimxabarlari.uz/77538/)

_2026-08-22 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

O’qishni xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko’chirish bo’yicha o’tkazilgan imtihonning ikkinchi kun natijalari chiqdi. Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi «O‘qishni ko‘chirish…

## [Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi](https://talimxabarlari.uz/77537/)

_2026-08-22 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi 31 808 ta vakant o‘rin uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat…

## [19-avgust kuni o‘tkazilgan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi](https://talimxabarlari.uz/77532/)

_2026-08-22 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

19-avgust kuni xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan bilishlari mumkin. Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test…

## [Texnikum rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etiladi](https://talimxabarlari.uz/77529/)

_2026-08-21 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Kasbiy ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etilmoqda. 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab menejerlik sertifikatini olgan texnikum direktorlariga 50 foiz va uning o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorida har oylik ustama beriladi. Ushbu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish…

## [Follow Releases, Get Reminders (Sponsored)](https://crawlproof.com/a/CcYnStCRLRUf)

_2026-08-21 · **Sponsored**_

Follow a genre or a name and receive reminders on release day — free.

## [6-yoʻnalishni tanlash uchun qaysi OTMda boʻsh joy borligini bilish imkoniyati yaratildi](https://talimxabarlari.uz/77526/)

_2026-08-21 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Oʻqishga kira olmaganlar sinovtest.uz platformasi orqali OTM boʻsh oʻrinlarni koʻrishlari mumkin. Tahlillar shuni koʻrsatdiki, joriy yilgi mandat yakuni boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida 37 946 ta boʻsh kvota oʻrinlar bor. Ushbu imkoniyatdan oʻqishga kira olmagan va ikkinchi tanlov bosqichida tanlovni amalga oshirmagan abituriyentlar foydalanishi mumkin. Vazirlik masʼullari 23-avgust sanasidan…

## [Toshkent shahridagi Prezident maktabiga kirgan o‘quvchilar qaysi o‘quv markazlarida tayyorlangani ma’lum bo‘ldi](https://talimxabarlari.uz/77522/)

_2026-08-21 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabiga qabul qilingan o‘quvchilarning qaysi o‘quv markazlarida tayyorlangani bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi. Ular orasida Toshkent shahri bilan birga boshqa hududlardan kirgan o‘quvchilar ham bor. Avvalroq, 2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga qabul natijalari e’lon qilingandi. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga kirgan…

## [Endi 10-sinf o‘quvchilari ham o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin](https://talimxabarlari.uz/77519/)

_2026-08-21 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Vazirlar Mahkamasining 450-son qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi belgilandi. Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda…

## [Milliy va chet tili sertifikat imtihonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi — BMBA](https://talimxabarlari.uz/77487/)

_2026-08-21 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlar uchun sertifikatlash tizimini kengaytirish va imtihonlarni elektron shaklga o‘tkazish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda 17-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Xabaringiz bor, joriy yil 17-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash…

## [O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari qachon e’lon qilinadi?](https://talimxabarlari.uz/77509/)

_2026-08-21 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari bugun e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi Talimxabarlari.uzga ma’lum qildi. Xabaringiz bor, 2026-yil 19–20-avgust kunlari talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlarga…

## [Saida Mirziyoyeva Buxoroda yangi qurilgan bog‘chaning ochilish marosimida ishtirok etdi](https://talimxabarlari.uz/77500/)

_2026-08-21 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrifi davomida may oyida qayta qurilishi belgilangan 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi bilan tanishdi. Rekonstruksiya natijasida bog‘chaning sig‘imi 240 o‘ringa yetkazilib, hududdagi 3–6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish imkoniyati yaratilgan. Xabaringiz bor, joriy yilning 15-may kuni Prezident…

## [Milliy sertifikat bilan oʻqishga kirgan talabalarning qariyb 60 foizi aʼlo baholarga oʻqiyotgani aytildi](https://talimxabarlari.uz/77495/)

_2026-08-21 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Milliy sertifikat olib oʻqishga kirayotgan talabalarning qariyb 60 foizi aʼlo baholarga oʻqimoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi. Joriy yilda milliy sertifikat orqali maksimal ball olgan abituriyentlar hisobiga kirish imtihonlarida ballar avvalgi yillarga nisbatan ancha baland boʻldi va bu jamoatchilik muhokamasiga ham sababchi boʻldi.…

## [35 yil ichida Oʻzbekistonda maktablar soni 1,3 barobarga koʻpaydi](https://talimxabarlari.uz/77490/)

_2026-08-21 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etdi. Bu 1991/1992 o‘quv yilidagi ko‘rsatkichdan 1,3 barobar ko‘p. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich oshib borgan. Xususan, 1991/1992 o‘quv yilida O‘zbekistonda 8 557 ta…

## [OTM talabalarining 63 foizi o‘qish jarayonida yetarli amaliy ko‘nikmalarni egallamayotganini qayd etgan](https://talimxabarlari.uz/77484/)

_2026-08-21 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Xorazm viloyatida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha taqdimotda oliy ta’lim talabalari uchun amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. So‘rovlarda OTM talabalarining 63 foizi o‘qish jarayonida yetarli amaliy ko‘nikmalarni egallamayotganini bildirgani qayd etildi. 20-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi…

## [UrDUda talabalar yangi forma olishga majburlanyaptimi? Rasmiy munosabat](https://talimxabarlari.uz/77481/)

_2026-08-21 · Rayhona To‘xtayeva · Ta’lim xabarlari_

Urganch davlat universitetida yangi o’quv yili uchun talabalar uchun yangi forma joriy etilayotgani va barchadan unga o’tish talab etilgani haqida Kun.uz’ga murojaat kelib tushgan. Keltirilishicha, murojaatda universitet mas’ullaridan biri talabalardan belgilangan formani tiktirib kiyishni talab qilayotgani va talabalar o‘tgan o‘quv yilining oxirida ham yangi forma olishgani aytib o’tilgan.…

## [Prime Noise-Cancelling Picks (Sponsored)](https://crawlproof.com/a/U9PwgtSVeAVl)

_2026-08-21 · **Sponsored**_

Browse Prime-eligible, 4-star-and-up noise-cancelling earbuds with fast shipping and deals

## [Bugun yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni](https://talimxabarlari.uz/77478/)

_2026-08-21 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga oliy ma’lumotli va yuqori salohiyatli pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov davom etmoqda. Bugun ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat yuborishning so‘nggi kuni hisoblanadi. 2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga pedagoglar ochiq va shaffof…

## [‘‘Vazir jamg‘armasi’’ tanlovining g‘oliblari aniqlandi (ro‘yxat)](https://talimxabarlari.uz/77474/)

_2026-08-20 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Vazir jamg‘armasi tanlovining g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra, 2026-yil sentabrdan boshlab jami 1 696 nafar malakali pedagogga 9 oy davomida har oylik ustama to‘lanadi. G‘oliblar ro‘yxati e’lon qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan 1 696 nafar malakali pedagog tanlov g‘olibi deb topildi. G‘oliblar…

## [Individual yoki guruhli mashg‘ulot: Chet tilini o‘rganishni yarim yo‘lda tashlamaslik uchun tavsiyalar](https://talimxabarlari.uz/77452/)

_2026-08-20 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Kattalar orasida uzluksiz ta’lim olishga qiziqish ortib bormoqda. Tadqiqotga ko‘ra, har 10 kishidan 6 nafari maktab, kollej yoki oliygohni tamomlaganidan keyin ham yangi ko‘nikmalarni o‘rganishda davom etadi. Mutaxassislar xorijiy tilni o‘rganishda aniq maqsad qo‘yish, shaxsiy reja tuzish va muntazam shug‘ullanish muhimligini ta’kidlamoqda. Kattalar odatda bolalardan farqli ravishda baho uchun…

## [Yangi o‘quv yilidan inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 3 249 taga yetkaziladi](https://talimxabarlari.uz/77454/)

_2026-08-20 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Yangi o‘quv yilidan respublikadagi yana 1 039 ta maktabda inklyuziv ta’lim sinflarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Natijada inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 3 249 taga, unda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar soni esa 8,5 ming nafarga yetkaziladi. Ayni paytda mamlakatdagi 2 610 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sinflari faoliyat yuritmoqda. Ularda…

## [18 nafar maktab direktori ilg‘or tajribani o‘rganish uchun xorijga yuboriladi](https://talimxabarlari.uz/77460/)

_2026-08-20 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Maktab rahbarlari uchun tashkil etilgan intensiv rivojlanish kursida yuqori natija ko‘rsatgan 18 nafar direktor ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va malakasini oshirish uchun xorijga yuboriladi. Kursda respublika bo‘yicha saralab olingan 205 nafar maktab rahbari strategik boshqaruv, liderlik, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirgan. Bugun,…

## [Avgust oyida chet tilidan o‘tkaziladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi](https://talimxabarlari.uz/77447/)

_2026-08-20 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi. Avvalroq, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan avgust oyida ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari boʻyicha malaka imtihonlari 24–25-avgust kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Chet tilini…

## [Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi 3 yoshli bolani bosib ketdi (video)](https://talimxabarlari.uz/77442/)

_2026-08-20 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida o‘smir haydovchi avtomobilni harakatga keltirishi vaqtida yo‘l chetida turgan bolani urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 17 yoshli Chery haydovchisi yo‘l chetida turgan 3…

## [“Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” tanlovlari g‘oliblariga OTMga kirishda imtiyoz beriladi](https://talimxabarlari.uz/77432/)

_2026-08-20 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

“Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari hamda san’at yo‘nalishidagi respublika va xalqaro tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan maktab bitiruvchilariga OTMga kirishda imtiyoz beriladi. Ular kasbiy (ijodiy) imtihonlarda tegishli fandan maksimal ball olish imkoniyatiga ega. Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston iqtidorli…

## [Maktablarda yangi 2026/2027-o‘quv yili qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi](https://talimxabarlari.uz/77434/)

_2026-08-20 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

2026/2027-o‘quv yilida respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari 2-sentabrdan boshlanadi. Bu ma’lumotni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Talimxabarlari.uzga tasdiqladi. Shunday qilib, yangi o‘quv yilida maktablarda darslar 2-sentabrdan boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yilidagi darslar 2-sentabrdan…

## [Maktab sumkasini tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlar](https://talimxabarlari.uz/77417/)

_2026-08-20 · Dilsora Shavkatova · Ta’lim xabarlari_

Yangi o‘quv yili arafasida Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab sumkasini to‘g‘ri tanlash va taqish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Vazirlikka ko‘ra, noto‘g‘ri tanlangan yoki haddan tashqari og‘ir ryukzak bolaning umurtqa pog‘onasi va mushaklariga ortiqcha yuklama tushirishi mumkin. Xabaringiz bor, bir necha kundan so‘ng O‘zbekistondagi maktablarda 2026/2027 o‘quv yili boshlanadi. Shu munosabat…

## [Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qoʻshimcha qabul oʻtkazilishi mumkin](https://talimxabarlari.uz/77428/)

_2026-08-20 · Dilfuza Qurbonboyeva · Ta’lim xabarlari_

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga toʻlov-shartnoma asosida qoʻshimcha qabul oʻtkazilishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qilishicha, ota-onalardan kelib tushayotgan murojaat va takliflar inobatga olinib, Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga toʻlov-shartnoma asosida…

