# Izzatbek Abduvakhobov — RSS Amplifier

Everything Izzatbek Abduvakhobov publishes, via the RSS Amplifier directory.

Page: <https://rssamplifier.com/authors/izzatbek-abduvakhobov>  
Feed: <https://rssamplifier.com/authors/izzatbek-abduvakhobov.md>

---

## [Jezus «Arsenal»da qolishga qaror qildi](https://tribuna.uz/news/jezus-arsenalda-qolishga-qaror-qildi-1331101/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus klubni tark etishni istamayapti. 29 yoshli futbolchi London jamoasida qolib, 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasini oxirigacha bajarishni rejalashtirmoqda.

## [Adama Traore «Deportivo»ga o‘tdi (Romano)](https://tribuna.uz/news/adama-traore-deportivoga-otdi-romano-1331095/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

30 yoshli Adama Traore «Deportivo» loyihasiga qo‘shildi. Transfer Fabritsio Romano tomonidan tasdiqlandi.

## [«Manchester Siti» 93 mln yevrolik vingerga qiziqish bildirdi](https://tribuna.uz/news/manchester-siti-93-mln-yevrolik-vingerga-qiziqish-bildirdi-1331092/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Manchester Siti» «Everton» vingeri Iliman Ndiayega qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Savioni «Tottenhem»ga sotganidan keyin «shaharliklar»ning qanotdagi yangi transfer maqsadiga aylangan.

## [Valverde Mbappening het-trigi va «Real»ning yirik g‘alabasi haqida gapirdi](https://tribuna.uz/news/valverde-mbappening-het-trigi-va-realning-yirik-galabasi-haqida-gapirdi-1331089/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Madridliklar yarimhimoyachisi Federiko Valverde «Real Sosiyedad» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi. U Kilian Mbappening uchta goli va jamoaning ikkinchi bo‘limdagi o‘yinini alohida ta’kidladi.

## [YCHL. «Fenerbahche», AEK va «Viking» umumiy guruh bosqichiga yo‘l oldi](https://tribuna.uz/news/chempionlar-ligasi-fenerbahche-aek-va-viking-umumiy-guruh-bosqichiga-yol-oldi-1331083/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob bahslarida «Fenerbahche», AEK va «Viking» umumiy bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

## [La Liga. «Real» o‘z maydonida «Real Sosiyedad»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi](https://tribuna.uz/news/la-liga-real-oz-maydonida-real-sosiyedadni-yirik-hisobda-maglubiyatga-uchratdi-1331074/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

La Liganing 1-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Real» o‘z maydonida «Real Sosiyedad»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

## [Liga kubogi. «Tottenhem» «Charlton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi](https://tribuna.uz/news/liga-kubogi-tottenhem-charltonni-yirik-hisobda-maglub-etdi-1331071/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Angliya Liga kubogining 2-bosqichida «Tottenhem» o‘z maydonida «Charlton»ni qabul qilib, 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

## [Mbappe Mourinio qo‘l ostida «Real» safidagi ilk golini urdi](https://tribuna.uz/news/mbappe-mourinio-qol-ostida-real-safidagi-ilk-golini-urdi-1331047/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Madridliklar safida to‘p tepayotgan Kilian Mbappe «Real Sosiyedad»ga qarshi La Liga 2-tur bahsida ikki marta gol urdi. Uchrashuvning 40 daqiqasida hisobni ochgan hujumchi 60 daqiqada dublini rasmiylashtirdi.

## [Temirov: «Haqli g‘alabaga erishdik»](https://tribuna.uz/news/temirov-haqli-galabaga-erishdik-1331005/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Andijon» vakili jamoasi «Xorazm»ga qarshi bahsda o‘yinni to‘liq nazorat qilganini ta’kidladi.

## [«Aston Villa» Uotkinsni 60 million yevroga sotishga rozi bo‘ldi](https://tribuna.uz/news/aston-villa-uotkinsni-60-million-yevroga-sotishga-rozi-boldi-1330993/)

_2026-08-26 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins «Al Hilol»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

## [Persona-led AI publishing (Sponsored)](https://crawlproof.com/a/ohtFPdHXdabm)

_2026-08-26 · **Sponsored**_

Generate drafts, schedule subdomain publishing, and keep human review where needed.

## [Spaletti: «Yildizning kelajagi — «Yuventus»da»](https://tribuna.uz/news/spaletti-yildizning-kelajagi-yuventusda-1326532/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spaletti jamoa hujumchisi Kenan Yildizning kelajagi borasidagi savolga javob berdi. Avvalroq turkiyalik futbolchiga Angliyaning «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

## [«Lill» JCH-2026 qahramonini tarkibiga qo‘shib oladi](https://tribuna.uz/news/lill-jch-2026-qahramonini-tarkibiga-qoshib-oladi-1326529/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Lill» «San-Lorenso» darvozaboni Orlando Gill transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

## [«Leyptsig» Nkunkuni qaytarish ustida ishlamoqda](https://tribuna.uz/news/leyptsig-nkunkuni-qaytarish-ustida-ishlamoqda-1326466/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Kristofer Nkunku yaqin vaqt ichida «Leyptsig»ga qaytishi mumkin. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 28 yoshli hujumchi Germaniya klubiga o‘tishga rozilik bergan.

## [Holand muxlislarni hayratda qoldirdi — u sochini kalta qildirdi](https://tribuna.uz/news/holand-muxlislarni-hayratda-qoldirdi-u-sochini-kalta-qildirdi-1326445/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand yangi mavsum oldidan tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi. Norvegiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda kalta soch turmagidagi suratlarini e’lon qildi.

## [«Liverpul» JCH-2026dagi Senegalning eng yaxshi to‘purarini tarkibiga qo‘shishi mumkin](https://tribuna.uz/news/liverpul-jch-2026dagi-senegalning-eng-yaxshi-topurarini-tarkibiga-qoshishi-mumkin-1326433/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Liverpul» «Kristal Pelas» vingeri Ismaila Sarrni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Nevzat Dindar xabar berdi.

## [Mourinio Espining goli haqida: «U bilan bitim imzolayotganimizda juda mamnun edik»](https://tribuna.uz/news/mourinio-espining-goli-haqida-u-bilan-bitim-imzolayotganimizda-juda-mamnun-edik-1326427/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionatining ilk o‘yinida «Espanyol»ga qarshi o‘yinda (2:1) jamoasiga g‘alaba keltirgan hujumchi Karlos Espi haqida fikr bildirdi.

## [«Barselona» mavsumdagi ilk o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi](https://tribuna.uz/news/barselona-mavsumdagi-ilk-oyin-uchun-qaydnomasini-elon-qildi-1326421/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Barselona» yangi mavsumdagi ilk bellashuv — La Liga 2-turida «Elche»ga qarshi bahs uchun qaydnomani e’lon qildi. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik uchrashuvga 23 nafar futbolchini jalb qilgan.

## [«Barselona» Portugaliya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda](https://tribuna.uz/news/barselona-portugaliya-milliy-jamoasi-himoyachisiga-qiziqmoqda-1326415/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Barselona» Portugaliya milliy jamoasi va «Sporting» himoyachisi Gonsalu Inasuga qiziqish bildirmoqda. Mundo Deportivo Now Canal manbasiga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchini Jyul Kunde va Aleks Balde klubni tark etishi ehtimoliga qarshi variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

## [«Lans» 1958 yildan buyon ilk marta Liga 1 dastlabki o‘yinida 5 ta gol urdi](https://tribuna.uz/news/lans-1958-yildan-buyon-ilk-marta-liga-1-dastlabki-oyinida-5-ta-gol-urdi-1326409/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Fransiya vitse-chempioni, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi sifatida harakat qilayotgan «Lans» chempionatning yangi mavsumini ham munosib boshladi va «Oser» darvozasiga 5 ta to‘p kiritdi. Bu «Lans»ning XXI asrdagi ilk tur doirasidagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.

## [O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi](https://tribuna.uz/news/ozbekistonlik-yosh-dzyudochilar-jahon-chempionatini-kuchli-uchlikda-yakunladi-1326406/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Jo‘rabek Eshpo‘latov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

## [Earn crypto for idle GPUs (Sponsored)](https://crawlproof.com/a/cgm8iyzyjfTk)

_2026-08-23 · **Sponsored**_

Run one CLI, host Qwen/Llama/Mistral, and earn BTC, ETH, SOL, or USDC

## [Rasman: Darvin Nunes va Enso Miyo Saudiya Arabistonining «Al-Diriya» klubiga o‘tdi](https://tribuna.uz/news/rasman-darvin-nunes-va-enso-miyo-saudiya-arabistonining-al-diriya-klubiga-otdi-1326127/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Klub matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali xabar qilishicha, jamoaga ijara asosida «Al Ahli»dan hujumkor yarimhimoyachi Enso Miyo va «Al Hilol» hujumchisi Darvin Nunes kelib qo‘shildi.

## [Messining goli «Inter Mayami»ni «Toronto» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi](https://tribuna.uz/news/messining-goli-inter-mayamini-toronto-bilan-bahsda-maglubiyatdan-qutqarib-qola-olmadi-1326121/)

_2026-08-23 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Bahs Fort-Loderdeyldagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium» o‘yingohida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

## ["Tottenhem" so'nggi ikki yil ichida APL doirasida 40-bor mag'lub bo'ldi](https://tribuna.uz/news/tottenhem-songgi-ikki-yil-ichida-apl-doirasida-40-bor-maglub-boldi-1326058/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

"Tottenhem" Angliya Premer-ligasida yangi mavsumni omadsiz boshladi. Londonliklar birinchi turda safarda "Brentford"ga (0:3) yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

## [De Zerbi: "Brentford" yakkakurashlarda bizdan ustun keldi"](https://tribuna.uz/news/de-zerbi-brentford-yakkakurashlarda-bizdan-ustun-keldi-1326052/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

"Tottenhem" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi APL 1-turidan o'rin olgan "Brentford"ga (0:3) qarshi bahsdan o'z fikrlarini bildirdi.

## [Minte «Liverpul»ga o'tishni istamoqda – manba](https://tribuna.uz/news/minte-liverpulga-otishni-istamoqda-manba-1326043/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Brayton» vingeri Yankuba Minte faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ben Jenkins xabar berdi.

## [Rasman: «Napoli» Badiashilni «Chelsea»dan ijaraga oldi](https://tribuna.uz/news/rasman-napoli-badiashilni-chelseadan-ijaraga-oldi-1326040/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Napoli» klubi «Chelsea» himoyachisi Benoit Badiashilni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

## [La Liga. "Real" 90+1-daqiqada "Espanyol"ga gol urib, Kataloniyada g'alaba qozondi](https://tribuna.uz/news/la-liga-real-90-1-daqiqada-espanyolga-gol-urib-kataloniyada-galaba-qozondi-1326034/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Ispaniya chempionatining 2-turida "Real" safarda "Espanyol"ga qarshi bellashdi. Unda "qirollik" klubi qiyin g'alabaga erishdi.

## [Fabinio "Trabzonspor" bilan kelishuvga erishdi (Romano)](https://tribuna.uz/news/fabinio-trabzonspor-bilan-kelishuvga-erishdi-romano-1326010/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Braziliyalik yarimhimoyachi Fabinio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

## ["Komo" kambvalani "Vilyarreal"dan ijara olish bo'yicha kelishuvga erishdi](https://tribuna.uz/news/komo-kambvalani-vilyarrealdan-ijara-olish-boyicha-kelishuvga-erishdi-1326046/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

"Komo" klubi "Vilyarreal" himoyachisi Villi Kambvala transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

## [Liga 1. "Lion" safarda "Tuluza"dan ustun keldi, "Nissa" uyda ochko yo'qotdi](https://tribuna.uz/news/liga-1-lion-safarda-tuluzadan-ustun-keldi-nissa-uyda-ochko-yoqotdi-1326004/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Fransiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan bir qator bellashuvlar yakuniga yetdi.

## [Accept your Doppler invite (Sponsored)](https://crawlproof.com/a/PvU3VJGzT5ld)

_2026-08-22 · **Sponsored**_

Create your Doppler account using the invite code you received.

## [Superliga 18-turning ramziy jamoasi e'lon qilindi](https://tribuna.uz/news/superliga-18-turning-ramziy-jamoasi-elon-qilindi-1325530/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

O'zbekiston Superligasining 18-tur ramziy jamoasi ma'lum qilindi.

## [Rodri «Barselona»ning La Ligadagi ilk bahsini o‘tkazib yuboradi](https://tribuna.uz/news/rodri-barselonaning-la-ligadagi-ilk-bahsini-otkazib-yuboradi-1325527/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgan Rodri asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazishda davom etmoqda.

## [Infantino iste’foga chiqishi haqidagi savolga hazillashib javob berdi](https://tribuna.uz/news/infantino-istefoga-chiqishi-haqidagi-savolga-hazillashib-javob-berdi-1325524/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbariyatiga nisbatan bosim kuchaygan bir paytda iste’fosi haqidagi savolga o‘ziga xos tarzda javob qaytardi.

## [Proliga. FarDU «Sho‘rtan»ni mag‘lub etdi](https://tribuna.uz/news/proliga-fardu-shortanni-maglub-etdi-1325515/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Proliganing 16-turidan o‘rin olgan bahsda FarDU «Sho‘rtan» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

## [«MYu» APL tarixida ilk bor «Hall Siti»ga yutqazdi](https://tribuna.uz/news/myu-apl-tarixida-ilk-bor-hall-sitiga-yutqazdi-1325503/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Xall»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

## [Osimxenning «Arsenal»ga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi](https://tribuna.uz/news/osimxenning-arsenalga-otishiga-nima-tosqinlik-qilayotgani-malum-boldi-1325500/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Londonning «Arsenal» klubi «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqishni davom ettirmoqda. Bu haqda Footmercato xabar berdi.

## [Goretska – «Aston Villa» futbolchisi (Romano)](https://tribuna.uz/news/goretska-aston-villa-futbolchisi-romano-1325491/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Leon Goretska «Aston Villa» safiga qo‘shiladi. Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Birminghem klubini tanlash bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan. Hozirda tomonlar transferni yakunlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ustida ishlamoqda.

## [APL qaytdi, Germaniyada Superkubok, Mouriniodan qaytish. Hafta o‘yinlari](https://tribuna.uz/news/apl-qaytdi-germaniyada-superkubok-mouriniodan-qaytish-hafta-oyinlari-1325485/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Uzoq kutilgan Yevropa milliy chempionatlari o‘z ishtiroklarini boshlamoqda. APL, La Ligada yangi mavsum start olgan. A Seriya ham o‘z yurishini boshlaydi. Tribuna.uz o‘z an'anasiga sodiq qolgan holda hafta o‘yinlarini e'tiboringizga havola qiladi.

## [Dilshod Karimov «Paxtakor»dan iste’foga chiqdi](https://tribuna.uz/news/dilshod-karimov-paxtakordan-istefoga-chiqdi-1325473/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Toshkentning «Paxtakor» klubi klubi raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov iste’foga chiqdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Karimovning iste’foga chiqishiga oid boshqa tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.

## [APL. «MYU» safarda «Hall Siti»ga sensatsion tarzda imkoniyatni boy berdi](https://tribuna.uz/news/apl-myu-safarda-hall-sitiga-yirik-hisobda-imkoniyatni-boy-berdi-1325464/)

_2026-08-22 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Angliya Premyer-ligasining 2026/27-yilgi mavsumi 1-turida «Manchester Yunayted» safarda APL yangi ishtirokchisi «Hall Siti»ga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

## ["Manchester Siti" Elias bilan muzokaralarni davom ettirmoqda](https://tribuna.uz/news/manchester-siti-elias-bilan-muzokaralarni-davom-ettirmoqda-1324882/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

"Manchester Siti" klubi "Palmeyras" vingeri Allan Elias transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

## [Rasman: Parti – «Ash Shabob» futbolchisi](https://tribuna.uz/news/rasman-parti-ash-shabob-futbolchisi-1324864/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Saudiya Arabistonining «Ash Shabob» klubi yarimhimoyachisi Tomas Parti transferini rasmiy e'lon qildi.

## [«MYU» Baleba bilan kelishuvga erishdi – Romano](https://tribuna.uz/news/myu-baleba-bilan-kelishuvga-erishdi-romano-1324861/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Manchester Yunayted» klubi «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

## [Rasman: Malkom – «Al Jazira» futbolchisi](https://tribuna.uz/news/rasman-malcom-al-jazira-futbolchisi-1324855/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

BAAning «Al Jazira» klubi hujumchi Malkom Felipe bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.

## [«Milan» Diazni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi](https://tribuna.uz/news/milan-diazni-oz-safiga-qoshib-olmoqchi-1324849/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

«Milan» klubi himoyani kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» aʼzosi Ruben Diazni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bergan.

## ["Al Hilol" Malkom bilan shartnomani bekor qildi](https://tribuna.uz/news/al-hilol-malcom-bilan-shartnomani-bekor-qildi-1324837/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi hujumchisi Malkom bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilganini rasmiy e'lon qildi.

## [Temur Kapadze: "O‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapmiz"](https://tribuna.uz/news/temur-kapadze-oyindan-oyinga-kuchayib-boryapmiz-1324828/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

"Navbahor" klubi ushbu turda Namanganda Qarshining "Nasaf"ini qabul qildi. Qiyin o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida "Navbahor" bir futbolchi kam bo‘lib qoldi. Shunda ham mezbonlar g‘alabani saqlab qolishning uddasidan chiqishdi.Namanganliklar bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi:- Butun "Navbahor"…

## [Saudiya Proligasi. "Al Ittihod" va "Neom" safarda g'alaba qozondi](https://tribuna.uz/news/saudiya-proligasi-al-ittihod-va-neom-safarda-galaba-qozondi-1324825/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Saudiya Proligasi 2-turida "Al Ittihod" (4, 4-o'rin) klubi mehmonda "Al Qodisiya"ga (3, 6-o'rin) qarshi bellashdi. Unda Jidda klubi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

## [La Liga. "Betis" "Real Sosiedad"ni minimal hisobda mag'lub etdi](https://tribuna.uz/news/la-liga-betis-real-sosiedadni-minimal-hisobda-maglub-etdi-1324810/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Ispaniya chempionatining 2-turida "Betis" klubi "Real Sosiedad"ga qarshi bellashdi. Unda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindagi yagona gol 63-daqiqada Rikelme hisobiga yozildi.

## [APL. "Arsenal" Londonda debyutant "Koventri"ni yirik hisobda mag'lub etdi](https://tribuna.uz/news/apl-arsenal-londonda-debyutant-koventrini-yirik-hisobda-maglub-etdi-1324792/)

_2026-08-21 · Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz_

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi start oldi. 1-turnirning ilk bellashuvida amaldagi chempion "Arsenal" Londonda "Koventri"ni qabul qildi. Unda "to'pchilar" 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

